Yaponiyada saylov kampaniyasi boshlandi — 16-sentyabr kuni yangi bosh vazir tanishtiriladi

Yaponiyada amaldagi yetakchi partiya rahbarligi uchun saylov kampaniyasi boshlandi, partiya rahbari keyinchalik Sindzo Abening o‘rniga bosh vazir kursisiga o‘tiradi. Avval xabar berganimizdek, uch nafar nomzod ushbu lavozimlar uchun kurashmoqda. «Rossiya 24» telekanali xabariga ko‘ra, vazirlar mahkamasining amaldagi bosh kotibi Yosixide Suga hozircha favorit bo‘lib turibdi.

Saylovlar 14-sentyabr kuni masofadan o‘tkaziladi. 16-sentyabr kuni esa parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishida bosh vazir kim bo‘lgani ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe salomatligi yomonlashgani uchun 28 avgust kuni rasman iste’fo bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter