Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyalik kelinga Xorazm turizm departamenti ish taklif qildi

Yaponiyalik kelinga Xorazm turizm departamenti ish taklif qildi

Foto: «Xabar.uz»

Yaponiyaning Asaxikovo perefekturasidan Xorazmga kelin bo‘lib tushgan Mikako Sugavara ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan maqolalar orqali ko‘pchilikka yaxshi tanish. Bu haqda  «Xabar.uz» saytida ham salmoqligina maqola e’lon qilgan edi. O‘tgan qisqa vaqt ichida xorijlik kelinning hayoti rang-barang voqealarga boy tarzda kechdi.

Mikako o‘z ona tili va o‘zbekchadan tashqari inglizchani ham mukammal biladi. Mintaqada sayyohlikni rivojlantirishda unga o‘xshash kadrlar juda zarur. Shu sabab Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti Mikakoga ish taklif qildi. Buning uchun u Xivaga ko‘chib o‘tishga to‘g‘ri keladi (yaponiyalik kelin oilasi bilan Qo‘shko‘pir tumanida yashaydi). Bu taklif Mikako-kennoyiga juda ma’qul, biroq ayni paytda qo‘lidagi chaqalog‘i bor. Shu bois taklifga rozilik berishga shoshmayroq turibdi.

Departament mas’ullari uni Xiva shahrida uy bilan ta’minlashi mumkinligini ham ta’kidlamoqda.

Yana bir yangilik. Mikako Sugavaran yaqinda «Milliy tiklanish» partiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston — umumiy uyimiz» festivali doirasida unga  a’zolik bileti tantanalik ravishda topshirildi.

E.Baxt

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring