Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lbars tog‘ida bir fuqaro og‘ir jarohat oldi

Yo‘lbars tog‘ida bir fuqaro og‘ir jarohat oldi

Foto: FVV

Joriy yilning 21-iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidagi Yo‘lbars tog‘ yonbag‘rida sayr qilib yurgan vaqtida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent massivida yashovchi fuqaro Ch.N. (1955-yilda tug‘ilgan) ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, og‘ir darajada tan jarohat olgani hamda yura olmay qolgani sababli FVVdan yordam so‘ragan.

Bu haqda u Toshkent viloyati Chimyon qutqaruv otryadi Bildirsoy qidiruv-qutqaruv tezkor guruhi navbatchisiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bergan.

Kelib tushgan murojaatga ko‘ra qutqaruv guruhi ko‘rsatilgan joyga zudlik bilan yetib borib, jabrlangan fuqaroni topib, unga birinchi yordam ko‘rsatishgan hamda uni Bo‘stonliq tumani tez tibbiy yordam xodimlariga topshirganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring