Yomg‘irda YPX xodimiga soyabon bergan fuqaro rag‘batlantirildi
Toshkentda fuqaro yomg‘ir yog‘ib turgan vaqtda xizmat olib borayotgan YPX xodimiga o‘z soyabonini berib, e’tiborga tushdi.
Fuqaro IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga taklif etilib, munosib rag‘batlantirildi. Unga IIV belgisi tushirilgan soyabon ham topshirildi.
«Yo‘l-patrul xizmati xodimini tanimayman ham. Qoidabuzarlik qilmaganman, har qayerda to‘xtatgani ham yo‘q. Qandaydir manfaatlar uchun emas, shunchaki insoniylik tarafdan yordam bergim keldi», — dedi fuqaro.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter