Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar yong‘oqning yangi foydali xususiyatini aniqladilar

Olimlar yong‘oqning yangi foydali xususiyatini aniqladilar

Foto: Xabar.uz

Janubiy Avstraliya universiteti olimlari yong‘oq stress darajasini pasaytirishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

Bu ta’sirga uning ruhiy salomatlik bilan bog‘liq bo‘lgan ichak mikrobiotasiga foydali ta’siri orqali erishiladi, deya yozadi Nutrients jurnali.

Tadqiqotda ikki guruhga bo‘lingan 80 nafar talaba ishtirok etdi. Birinchi guruhdagi ko‘ngillilardan har kuni bir necha dona yong‘oq iste’mol qilish so‘ralgan. Ikkinchi guruh odatdagi ovqatlanishiga rioya qilishdi.

16 haftalik kuzatuvdan so‘ng, ekspertlar birinchi guruh ishtirokchilari uzoq muddatda ruhiy salomatlik ko‘rsatkichlari, umumiy uyqu sifati yaxshilanganligini aniqladilar.

Ikkinchi guruh talabalari imtihon oldidan stress va ruhiy tushkunlik darajasining oshishini qayd etdilar.

Olimlarning fikriga ko‘ra, yong‘oq miya salomatligiga hissa qo‘shadigan omega-3 yog‘ kislotalari, antioksidantlar, melatonin, polifenollar, foliy kislotasi va Ye vitaminiga boy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring