Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlar» telekanalida Ukraina bayrog‘i xiralashtirib qo‘yildi

«Yoshlar» telekanalida Ukraina bayrog‘i xiralashtirib qo‘yildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Yoshlar» telekanalining «Yangi Davr» dasturi futbol yangiliklariga oid qismida Ukraina bayrog‘ini xiralashtirib qo‘yilgani keng muhokama qilinmoqda.

Bu holat jamoatchilik faollari o‘rtasida «O‘zbekistonning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi neytral bo‘lsa, nega bayroq xiralashtirib ko‘rsatilyapti?» degan haqli e’tirozlarni keltirib chiqardi. Hozircha telekanal rasmiylari holatga munosabat bildirishmagan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, ushbu tashabbus telekanal xodimlaridan biriga tegishli bo‘lib, rahbariyat tomonidan bu bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, telekanalning «Yangi Davr» dasturida Ispaniya La-ligasining navbatdagi 3-tur doirasida bo‘lib o‘tgan «Real» va «Espanol» klublari o‘rtasidagi bahsdan lavha namoyish etilgan. Translyasiya qiluvchi manba esa mazkur lavhaning yuqori chap qismiga Ukraina-Rossiya urushida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildiruvchi belgi – mamlakat bayrog‘ini joylashtirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring