Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yulduz Usmonova va shoir sudlashishda davom etmoqda

Yulduz Usmonova va shoir sudlashishda davom etmoqda

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev va Yulduz Usmonova o‘rtasidagi sud ishi hali davom etmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudi Yulduz Usmonovadan shoir foydasiga «Xasta bo‘lma» nomli she’ridan mualliflik huquqini buzib foydalangani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqargandi.

29-oktyabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yu.Usmanovadan da’vogar Y.Ro‘ziyevga 50.000.000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.

Shundan so‘ng honanda Usmonova Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati kiritgan.

Xozirda Toshkent shahar sudi birinchi instansiya sudi qarorini ko‘rib chiqmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring