Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korporativ kartalardan «svet» va gaz uchun to‘lov qilishga ruxsat berildi

Korporativ kartalardan «svet» va gaz uchun to‘lov qilishga ruxsat berildi

Endi yuridik shaxslar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni mobil ilovalar orqali milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.

Bu borada joriy yil 13 mart kuni mazkur o‘zgarishni nazarda tutuvchi Markaziy bank boshqaruvining «O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 19-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13 mart sanasidan boshlab kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring