Alixan Smailov kutib olindi (foto)

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, yuqori martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT samitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu muhim tadbirda bir qator davlatlar rahbarlari ishtirok etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter