AQSh elchixonasi saylovlar bo‘yicha bayonot berdi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlar bo‘yicha bayonot berdi va Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.
«AQSh elchixonasi O‘zbekiston vatandoshlarini saylovdagi ishtiroki uchun olqishlaydi hamda saylovda Prezident Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlaganliklarini qayd etadi. Prezident Mirziyoyev yangi vakolatlari doirasida o‘z vazifasini bajarishga kirishar ekan, Qo‘shma Shtatlar uning islohotlar va boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro nazorat va muvozanatni ta’minlash, shaxsiy huquqlarni himoya qilish kabi kun tartibida turgan masalalarni ilgari surishda yordam berishga tayyorligini bildiradi», deyiladi bayonotda.
«Demokratik tizimlar saylov jarayonlarining yaxlitligini ta’minlashdan tashqari, ovoz berishda qatnashayotgan vatandoshlarni haqiqiy, raqobatbardosh tanlash imkoniyati bilan ham ta’minlashi lozim. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatini kelgusi saylovlarda DIIHBning tavsiyalarini to‘liq bajarishga chaqiradi», qayd etilgan bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter