Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiya bosh vaziri oy oxirida Toshkentga keladi

Chexiya bosh vaziri oy oxirida Toshkentga keladi

Foto: Report

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish aprel oxirida O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. 

Report.az xabariga ko‘ra, ushbu safar mintaqaviy miqyosda bo‘lib, 26-30-aprel kunlari Chexiya Bosh vaziri Qozog‘iston va Ozarbayjonga ham boradi. 

Ushbu tashrif davomida Bosh vazirga Chexiya sanoat va savdo vaziri Karel Havlichek va chexiyalik tadbirkorlarning vakillik delegatsiyasi hamrohlik qiladi. 

Tur davomida Chexiya delegatsiyasi Boku, Ostona va Toshkentga tashrif buyuradi. Dasturga biznes forumlari, tematik seminarlar va tarmoq tadbirlari kiradi. Ushbu uchrashuvlarning maqsadi yangi biznes aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish va qabul qiluvchi mamlakatlardagi biznes hamjamiyati bilan hamkorlikni kengaytirishdir, deyiladi xabarda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring