Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 24 yil qamoq jazosiga hukm qilindi
Bugun 6-aprel kuni Seul Markaziy sudi o‘tgan yilning bahorida korrupsiya va boshqa qator jinoyatlarda ayblanayotgan, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 24 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Mazkur sud jarayoni televideniye orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilgan.
Pak Kin Xe 2017-yil mart oyining oxirida qo‘lga olingan edi. Unga korrupsiya, o‘z mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va davlat sirlarini oshkor qilish aybi qo‘yilgan. Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident uchun 30 yillik qamoq jazosi va 118,5 milliard von (taxminan 95 million dollar) jarima talab qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter