Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JAR hukmron partiyasi faollari mamlakat prezidentining iste’fosini talab qilib chiqdi

JAR hukmron partiyasi faollari mamlakat prezidentining iste’fosini talab qilib chiqdi

JAR prezidenti Jeykob Zuma.

Foto:«Regnum»

JAR hukmron partiyasi bo‘lmish «Afrika milliy kongressi»ning bir qator faollari mamlakat prezidenti Jeykob Zumadan kun oxiriga qadar iste’foga chiqishni talab qildilar. Aks holda dushanba kuni butun mamlakat bo‘ylab ish tashlash o‘tkazishlarini bildirdilar. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Shu bilan birga, partiya rahbariyati ushbu tashabbusdan o‘zini chetga oldi va bu bayonotlar partiya rasmiy pozitsiyasi emasligini eslatdi.

«Biz korrupsionerlar va jinoyatchilarga mamlakatimizni boshqarishlariga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Mabodo, janob Zuma o‘z vazifasini tark etishni istamasa, uni bunga biz majbur qilamiz», — deya aytib o‘tdi partiya a’zosi Xangvi Maumela poytaxt Pretoriyada dushanba kuni «Zuma ketishi kerak» shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan marshga bag‘ishlangan brifing paytida. Davlat rahbari va uning tarafdorlarini mamlakatda siyosiy inqirozning chuqurlashishida ayblagan faol, uning iste’fosiga erishish uchun, yanada qat’iy choralarga o‘tishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. «Agarda Zuma bugun kechgacha iste’foga chiqmasa, dushanba kuni hech kim o‘qishga ham, ishga ham chiqmasligi kerak» — deya ogohlantirgan u.

O‘z navbatida partiya rasmiy vakili Pule Mabe partiyaning norozilik tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasligini va uning nomidan brifingda so‘zlagan faollar intizomiy jazoga tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. «Dushanba kuni partiya milliy ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilish yakunlanishi bilan biz partiyaning rasmiy pozitsiyasi haqida bayonot beramiz», — deya aytib o‘tgan u «SABC» telekanaliga bergan intervyusida.

Mamlakat prezidentining kelajak taqdiri haqidagi muzokaralar tufayli o‘tgan hafta mamlakat parlamenti prezidentning 8-fevralga mo‘ljallangan xalqqa murojaatini kechiktirish haqida qaror chiqargan edi. Shuningdek, 22-fevral kuni prezidentga ishonchsizlik votumi haqida parlament saylovi ham rejalashtirilgan. Agar o‘sha vaqtga qadar Zuma o‘z lavozimini tark etmasa, muxolifat uni to‘qqizinchi marta hokimiyatdan olib tashlashga harakat qiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring