Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Saudiya Arabistonidagi neft quvurlariga qilingan hujumni qoralaydi

O‘zbekiston Saudiya Arabistonidagi neft quvurlariga qilingan hujumni qoralaydi

Foto: «Google.com»

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidagi neft nasos-kompressor stansiyasiga uchuvchisiz qurilmalar yordamida qilingan hujum borasida rasmiy bayonot berib o‘tdi.

«O‘zbekistonda «Saudi Aramko» Saudiya Arabistoni davlat kompaniyasiga tegishli ikkita neft nasos-kompressor stansiyasiga qarshi uchuvchisiz qurilmalar aksiyalari tashvish bilan qabul qilindi.

Mazkur provokatsiyalar neft stansiyalarida ishlovchi insonlar hayotiga jiddiy tahdid soladi. Vazirlik dunyo hamjamiyatini barqaror neft yetkazib berishga va dunyo iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shu kabi harakatlarga bundan keyin yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring