Tramp ilk xorijiy tashrifni qaysi davlatga amalga oshirishini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ilk xorijiy tashrifini Saudiya Arabistoniga amalga oshiradi. Bu qarorini u Saudiya tomoni AQSh kompaniyalari bilan bir trillion dollarlik bitimga tayyor ekani bilan izohlagan.
«Odatda AQSh prezidentlari birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi. Ammo mening Saudiya Arabistoniga avvalgi tashrifim mobaynida ular Amerika kompaniyalari bilan 450 milliard dollarlik shartnomalar imzolashdi. Men o‘shanda agar to‘rt yilda 1 trillion dollarlik bitim qilsangiz, yana birinchi bo‘lib sizning mamlakatingizga kelaman deganman. Ular rozi bo‘lishgan», – dedi Tramp.
Siyosatchiga ko‘ra, Saudiya hukumati bilan u ajoyib munosabatga ega, ayni choqda, podshohlik Amerika shirkatlaridan katta miqdorda mahsulot xarid qilishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter