Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya ishchi guruhlarining yig‘ilishi yakunlandi.

16-21 yanvar kunlari tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ko‘rib chiqdi. 

Jumladan, davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishib olindi.

Yig‘ilishda, shuningdek, ishchi guruhlarning 2023 yilga mo‘ljallangan yig‘ilishlari taqvimi kelishib olindi. Muzokaralar yakunida protokol imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring