Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Fransiya: diplomatik pasport egalari qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etiladi

O‘zbekiston va Fransiya: diplomatik pasport egalari qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etiladi

Joriy yil 30-iyuldagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 12-mart kuni Parij shahrida imzolangan ayrim xalqaro shartnomalar tasdiqlandi.

Ular:

  • O‘zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi bitim;
  • O‘zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o‘rtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a’zolari tomonidan haq to‘lanadigan faoliyatning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi bitim.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. 

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring