Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun yengillik berildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun yengillik berildi

Foto: «Xabar.uz»

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ID-karta orqali ikki mamlakat chegarasini bemalol kesib o‘tishi, kirishi, chiqishi, bo‘lib turishi mumkin.

Bu bo‘yicha barcha tashkiliy ishlar o‘z nihoyasiga yetgani qayd etildi.

Endi Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tish uchun xorijga chiqish pasporti olish shart emas, shuningdek, hech qanaqa shtamp ham qo‘yilmaydi.

«Bu ayniqsa So‘x, Shohimardon va Cho‘ng‘ara kabi eksklav hududlarimizdagi yurtdoshlarimizga katta yengillik beradi, endi ular byurokratiyadan qutiladi. Bu tartib samolyot, poyezd, mashinaga ham o‘tadi», deb xabar berdi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Eslatib o‘tamiz, ID-karta orqali chegarani kesib o‘tishga ruxsat berish haqida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida shu yil 27 yanvarda Kelishuv imzolangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring