Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Ozarbayjon Mustaqillik kuni nishonlandi

O‘zbekistonda Ozarbayjon Mustaqillik kuni nishonlandi

Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi va uning huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi rasmiy qabul tashkil qildi.

Elchi Husayn Guliyev mehmonlarni samimiy qutlab, 28 may sanasida Ozarbayjon Xalq Respublikasi tashkil etilganiga 106 yil to‘layotganini aytdi.

Qayd etilishicha, sharqda ilk demokratik respublika bo‘lgan Ozarbayjon Xalq Respublikasi 1918 yil 28 mayda tashkil qilingan.

«1991 yili o‘z mustaqilligini yangidan barpo qilgan Ozarbayjon xalqi umummilliy lideri Haydar Aliyevning olib borgan muvaffaqiyatli siyosati natijasida demokratik va huquqiy davlat qurilishida buyuk yutuqlarga erishdi, neft strategiyasi amalga oshirilishi boshlandi, suveren Ozarbayjonning dinamik yuksalishining asosi qo‘yildi», —dedi elchi Husayn Guliyev.

Ozarbayjon-O‘zbekiston aloqalaridan ham so‘z ochgan diplomat hamkorligimiz yuksak darajada ekanini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring