O‘zbekistonning 7,5 million aholisi kambag‘allikdan chiqarildi

So‘nggi sakkiz yilda O‘zbekistonda inson haq-huquqini himoya qilish, munosib ish joyi bilan ta’minlash, daromadini oshirish, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ulkan ishlarni amalga oshirildi, dedi O‘zbekiston prezidenti Namangandagi xalqaro forumdagi nutqida.
Barcha sa’y-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun sharoit yaratish va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.
Eng murakkab davrda kambag‘allikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilib, umummilliy harakatga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari o‘sha paytda bizda kambag‘allik darajasini baholash bo‘yicha aniq mezon va metodologiya yo‘q bo‘lganini qayd etdi. Jahon banki va BMT institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tajriba asosida kambag‘allikning milliy mezonlari ishlab chiqildi.
Yangilangan Konstitutsiyamizda pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Izchil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 2024-yilda 8,9 foizga tushirildi. Yil yakunigacha uni 6 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.
Bunday natijaga erishishda o‘tgan davrda O‘zbekiston iqtisodiyoti 2 karra o‘sgani, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga yetishi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Prezident ta’kidlashicha, yangi tashabbus va tajribalarni sinovdan o‘tkazib, dunyodagi ijobiy yutuqlarni o‘rganib, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston modeli yaratildi.
Avvalo, o‘tish davrining muhim instrumenti bo‘lgan manzilli ijtimoiy daftarlar joriy etilib, barcha ehtiyojmand oilalar qamrab olindi.
Masalan, pandemiya davrida 800 ming oilaga bepul dori-darmon, 255 ming oilaga oziq-ovqat mahsulotlari, yana 1 million 200 ming oilaga ijtimoiy nafaqalar berildi.
Natijada 5 million 200 ming nafar odam «kambag‘allik qopqoni»ga tushib qolishdan himoya qilindi va shu bilan birga, iqtisodiy retsessiyaning oldi olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter