Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Buyuk Britaniya delegatsiyasini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 fevral kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili lord Jon Olderdaysni qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy sohada yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy muloqot jadal rivojlanayotgani, barcha darajalarda almashinuvlar faol davom etayotgani ta’kidlandi. Xavfsizlik sohasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Keyingi 5 yilda tovar ayirboshlash 2 baravar oshdi. London fond birjasida O‘zbekistonning 15 milliard dollardan ortiq qiymatdagi suveren va korporativ obligatsiyalari joylashtirildi. O‘tgan yili Qo‘shma iqtisodiy qo‘mita mexanizmi ishga tushdi.

Britaniyalik hamkorlar bilan birgalikda Prezident maktablari tashkil etildi va uchta qo‘shma universitet muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan britaniyalik sayyohlarning soni ortib bormoqda.

Suhbat davomida energetika, moliya, geologiya, transport, kimyo, farmatsevtika, fan va ta’lim sohalarida yangi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring