Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, Nodir Sobirovich Otajonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter