Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralar, shuningdek, ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash marosimi bo‘ldi.

Ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlarda O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdilar.

Davlat rahbarlari Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan qurilgan turarjoy majmuasini foydalanishga topshirish, shuningdek, Istanbul shahrida o‘zbek maktabi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif tadbirlari yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga Toshkentga jo‘nab ketdi. «Esenbog‘a» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring