Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij-2024: Yozgi Olimpiadani O‘zbekiston va Ispaniya ochib beradi

Parij-2024: Yozgi Olimpiadani O‘zbekiston va Ispaniya ochib beradi

Foto: Olympic.kz

Ertaga, 24-iyul kuni soat 18:00 da (bizning vaqt) futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Ispaniya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan Parij olimpiadasi o‘yinlariga start beriladi. Xuddi shu paytda parallel ravishda boshqa stadionda Argentina va Marokash maydonga tushadi.

Odatda jamoaviy o‘yinlar Olimpiadaning ochilish marosimigacha boshlab yuboriladi. Parijdagi XXXIII Yozgi olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi 26-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi o‘yin «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Xuddi shu kuni keyingi soatlarda futbol va regbi jamoalarining qator o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring