Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Beybut Atamqulov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun, 31 oktyabr kuni farmon imzoladi.
58 yoshli B.Atamqulov uzoq yillar diplomat sifatida faoliyat yuritgan, jumladan, Qozog‘istonning Rossiya, Eron, Germaniyadagi diplomatik vakolatxonalarida mas’ul vazifalarda ishlagan, Malayziya, Indoneziya, Bruney va Filippinda elchilik qilgan. U, shuningdek, Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi (2015), mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri (2016-2018), tashqi ishlar vaziri(2018-2019), sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri (2019-2022) kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-2022 yillar Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi vazifasida faoliyat yuritgan Darxon Sotiboldi joriy yil 30 avgust kuni Turkiston viloyati hokimi etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter