Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesiga yangi rais saylandi

Rasman: Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesiga yangi rais saylandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Amanbay Orinbayevning rahbarlik qobiliyati, vatanparvarligi va insoniy fazilatlarini, shuningdek, hududni rivojlantirish borasidagi takliflarini hisobga olib, uning nomzodiga o‘z roziligini bildirdi.

Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, nomzod haqida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng, Jo‘qorg‘i Kenges Raisini saylash masalasi ovozga qo‘yildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan Amanbay Orinbayev bir ovozdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga saylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rais Murat Kamalov betobligi tufayli lavozimdan olingani aytilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring