Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 12-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini aeroportda Qozog‘iston bosh vaziri A.Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

13-14-oktyabr kunlari Ostonada ikkita sammit — Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlislari bo‘lib o‘tadi. Prezidentimiz ularda ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

Sammitlar kun tartibiga o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring