Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.

Ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring