Vaşingtonda AQŞ prezidentiga sovğa qilingan özbek ayvonlari örnatildi
Şavkat Mirziyoyev Donald Trampga sovğa qilgan özbek ayvonlari 17-noyabr kuni Vaşingtondagi Wyest Potomac Park hududiga örnatildi.
Bu haqda Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov maʼlum qildi. Bu sovğa AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan avgust oyida prezident Donald Tramp va Amerika xalqiga taqdim etilgandi. Furqat Sidiqov sovğani Amerika xalqi nomidan qabul qilgani uçun Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.

Öymakor naqşlar, nafis ustunlar, ustalarimizning mehnati endi Amerika poytaxtining markazida turibdi. Ayvonlar dunyoning turli burçaklaridan kelgan sayyohlarni özbek madaniyati bilan taniştiradi. AQŞdagi vatandoşlarimiz uçun esa bayramlar va uçraşuvlar ötkaziladigan qadrdon joyga aylanadi.

Marosim çoğida Trampning vertolyoti boğ ustidan uçib ötdi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter