Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Eron oliy rahbarining o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Eron oliy rahbarining o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga maktub yo‘lladi.

Maktubda Islom inqilobi rahbari Oyatulloh-ul-uzmo Sayyid Ali Xomanaiyning shahodati munosabati bilan hamdardlik bildirilgan.

Ushbu maktubda, jumladan, quyidagilar keltirilgan:

«Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayid Ali Xomanaiy Hazrati Oliylari va uning oila a’zolari vafot etgani to‘g‘risidagi noxush xabar qalblarimizni qattiq iztirobga soldi.

U zot o‘zining ko‘p yillik samarali faoliyati davomida Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lida katta xizmatlar qildi.

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan ul zotning yorqin xotirasi qalblarimizda doimiy saqlanib koladi.

Ushbu musibatli va og‘ir damlarda Siz, Janobi Oliylariga va do‘st Eron xalqiga samimiy hamdardik izhor etamiz. Qodir Allohdan marhumlarning ruhini o‘z rahmatiga olishini, oila a’zolari va barcha yaqinlariga bardamlik va sabri jamil ato etishni so‘rab qolamiz», – deya o‘z qayg‘usini bildirgan O‘zbekiston yetakchisi.

Maktub matni Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring