Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Indoneziya xalqiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Indoneziya xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya xalqi va Prezident Joko Vidodoga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident, shuningdek jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishiga tilak bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada yetti balli zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Tabiiy ofatlar qurbonlari soni 91 kishidan oshgani, 200dan ziyod kishi jiddiy jarohatlangani ma’lum qilingandi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, qurbonlar soni oshib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring