Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha ishlar natijadorligi yuzasidan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
«Axborot24» ko‘rsatuvida ma’lum qilishicha, kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
— «G‘alla parvarishida favqulodda holat» davrida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlashda viloyat va tumanlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish;
— 2018-yil hosili uchun chigit ekish mavsumini yuqori darajada uyushqoqlik bilan va sifatli o‘tkazish uchun mutasaddilar va sektor rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati;
Davlat buyurtmasi uchun g‘alla va paxta yetishtirishni kafolatli moliyalashtirish bo‘yicha joriy qilingan yangi tizim afzalliklari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari;
— Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mo‘l hosil olishda «Tomorqa xizmati» tuzilmalarining afzalliklari, tomorqada aholining mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar.
Videoselektor yig‘ilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter