Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, shahar gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif doirasida bugun O‘zbekiston yetakchisi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda mamlakatimizda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi reaktorining qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.

5-iyun kuni davlatimiz rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring