Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Bugun Tyanszin shahridagi ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashkilotning siyosiy asoslarini mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan:

— ShHT institutlari samaradorligini oshirish va uni Global Janub davlatlari hisobiga kengaytirish;

— Yadro xavfsizligi bo‘yicha deklaratsiya qabul qilish, Ichki ishlar vazirlari kengashi faoliyatini qayta tiklash, 2030 yilgacha giyohvandlikka qarshi kurash dasturini tayyorlash, «ShHT–Afg‘oniston» muloqot guruhi faoliyatini faollashtirish;

— Savdoni soddalashtirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi bitimni imzolash, Strategik materiallar bo‘yicha mintaqaviy markaz, Energetika konsorsiumi, Venchur kompaniyalar va jamg‘armalar tarmog‘i hamda Maxsus elektron investitsiya portalini tashkil etish;

— Shimol–Janub va Sharq–G‘arb yo‘nalishlarida transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish, «ShHT yagona transport makoni»ni shakllantirish va uni «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi bilan uyg‘unlashtirish;

— Iqlim o‘zgarishiga moslashish, dekarbonizatsiya va ekologik xavf-xatarlarni bashorat qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan ShHT mintaqaviy platformasini ishga tushirish;

— Xalq ijodiyoti xalqaro festivalini o‘tkazish, «ShHT universiteti» onlayn kampusini tashkil etish, talabalar va yosh mutaxassislar o‘rtasida tanlov hamda olimpiadalar o‘tkazish, shuningdek, «Sayyohlik yo‘lagi» va «Tibbiyot turizmi alyansi» loyihalarini amalga oshirish.

Sammitning muhim yakunlaridan biri sifatida ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi asosida Toshkent shahrida doimiy faoliyat yuritadigan organ — ShHTga a’zo davlatlarning xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha Universal markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Uning huzurida ShHT Axborot xavfsizligi markazi ham tuziladi. Ushbu qaror xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. 

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring