Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev yana ikki qo‘shni davlat TIV rahbarlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev yana ikki qo‘shni davlat TIV rahbarlarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan «C5+1» formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi.

Qirg‘iziston TIV rahbari bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Prezidentning joriy yil iyul oyida Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmi ortib borayotgani, korxonalar va hududlar o‘rtasida hamkorlik kengayayotgani, energetika hamda transport sohalarida yirik loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan muloqotda esa savdo, transport, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Har ikki uchrashuvda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring