Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Konstitutsiya qabul qilinadi

Yangi Konstitutsiya qabul qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida 2022 yilda yangi qomus qabul qilinishini aytdi.

«Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish ham maqsadga muvofiqdir.

Albatta, Konstitutsiyani yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda biz yetti marta emas, yetmish marta o‘ylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlashgan holda, yurtimiz va jahondagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, aniq qaror qabul qilishimiz zarur.

Oliy Majlis palatalari, hurmatli deputat va senatorlarimiz, muhtaram nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar jamoatchiligi, huquqshunos va siyosatshunos olimlarimiz, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilarimiz, butun xalqimiz bu masalada o‘zining aniq fikr va qarashlarini bildiradilar, deb ishonaman.

Atoqli davlat va siyosat arbobi Uinston Cherchillning «Yaxshi bo‘lish uchun – o‘zgarish kerak, yaxshilarning yaxshisi bo‘lish uchun esa yanada ko‘proq o‘zgarish kerak», degan so‘zlarida, o‘ylaymanki, teran hayotiy ma’no mujassam.

Darhaqiqat, bugungi shiddatli davr bizdan zamonga mos harakat va o‘zgarishlarni talab etmoqda. Ana shunday talabga javob beradigan mukammal Konstitutsiyaga ega bo‘lish uchun Asosiy qonunimizning yangi loyihasini tayyorlashimiz, uni umumxalq muhokamasiga qo‘yib, bildirilgan takliflar asosida takomillashtirish, ushbu muhim siyosiy hujjatni 2022 yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilish, o‘ylaymanki, milliy davlatchilik an’analarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib ish bo‘ladi», deyiadi tabrikda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring