Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qonun kuchga kirdi: davlat mukofotlari kimlarga beriladi?

Yangi qonun kuchga kirdi: davlat mukofotlari kimlarga beriladi?

Foto: «Norma.uz»

Kecha, 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunga imzo chekdi. Qonunning to‘liq matni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilindi.

Qonunning 3-moddasida davlat mukofotlari kimlarga berilish mumkinligi haqida ma’lumot keltirilgan.

Unga ko‘ra, davlat mukofotlari fuqarolarni ularning mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga, tinchlik va barqarorlikni saqlashga, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, sotsial, ilmiy, intellektual, ma’naviy salohiyatini hamda mudofaa qudratini oshirishga qo‘shgan hissasi, davlat va xalq oldidagi faoliyatning ijtimoiy, xayriya, gumanitar sohalaridagi hamda boshqa sohalardagi xizmatlari uchun rag‘batlantirishning oliy shaklidir.

O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatlarning mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.

Davlat mukofotlari bilan ayrim hollarda fuqarolar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, harbiy bo‘linmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalari hamda boshqa yuridik shaxslari, shuningdek chet el yuridik shaxslari ham mukofotlanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring