Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2022-yilda 39 mingga yaqin rossiyalik O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan – Rosstat

2022-yilda 39 mingga yaqin rossiyalik O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan – Rosstat

Yil boshidan beri Rossiyani 419 ming kishi tark etgan. Bu haqda Rosstat ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ushbu davrida 202 ming kishini tashkil etgan. Migratsiya oqimi 2021-yildagi 114 mingga oshgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 96 mingni tashkil etgan.

Rossiyadan MDH davlatlariga 368 ming kishi ko‘chib o‘tib, 294 ming kishi qaytgan.

Jumladan, Ukraina (79,6 ming), Tojikiston (58,4 ming), Armaniston (49 ming), Qirg‘iziston (43,6 ming), Qozog‘iston (40,7 ming) va O‘zbekistonga (38,6 ming) eng ko‘p aholi jo‘nab ketgan.

Shuningdek, MDH tarkibida bo‘lmagan davlatlar orasida Xitoy (6,6 ming), Vetnam (5,4 ming) va Hindiston (4,1 ming) yetakchilik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina-Rossiya urushi sabab 6 mingga yaqin rossiyalik IT-mutaxassislar Toshkentga ko‘chib o‘tgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring