Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduqodir Husanov — YChLda eng tez yugurgan ikkinchi futbolchi

Abduqodir Husanov — YChLda eng tez yugurgan ikkinchi futbolchi

Foto: AFP

UEFA 2025/2026-yilgi Chempionlar Ligasining umumiy guruh bosqichi doirasida maydonda eng yuqori tezlikka erishgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Eng tez yuguruvchi futbolchilar o‘nligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov ikkinchi o‘rinni egalladi — 34,7 km/soat. Bu himoyachi uchun juda katta natija. Birgina Kilian Mbappe soniyaning o‘ndan bir ulushlarida sal oldinda, xolos.

YChL joriy mavsumida qayd etilgan eng yuqori tezliklar (top-10)

  1. Kilian Mbappe («Real Madrid») — 34,9 km/soat
  2. Abduqodir Husanov («Manchester Siti») — 34,7
  3. Karlush Borjesh («Bryugge») — 34,3
  4. Anderson Silva («Pafos») — 34,1
  5. Federiko Valverde («Real Madrid») — 34,0
  6. Rikardo Pepi (PSV) — 34,0
  7. Jeremi Frimpong («Liverpul») — 34,0
  8. Erling Holand («Manchester Siti») — 34,0
  9. Entoni Gordon («Nyukasl») — 34,0
  10. Entoni Gordon (2-natijasi, «Nyukasl») — 33,9
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring