Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aram Vardanyan va Rustam Assakalov chorak finalga chiqdi

Aram Vardanyan va Rustam Assakalov chorak finalga chiqdi

Bugungi kun doirasida sport kurashlari bo‘yicha musobaqalar davom ettirilmoqda.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha -77 kg vaznda Aram Vardanyan Olimpiadadagi debyutini misrlik Mahmud Abdulrahmonga qarshi o‘tkazdi. Yakunda sportchimiz g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘llanma oldi.

Chorak finalda yurtdoshimizga amaldagi Osiyo chempioni Nao Kusaka raqiblik qiladi.

Yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov (-97 kg) ham Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatki start oldi. Tajribali kurashchimiz 1/8 finalda gonduraslik Kevin Mexiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda unga armanistonlik Artur Aleksanyan raqiblik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring