Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azar va Lukaku Tunisni tor-mor etdi (video)

Azar va Lukaku Tunisni tor-mor etdi (video)

Bugun Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida «G» guruhdan o‘rin olgan Belgiya va Tunis terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Uchrashuv taqdirini APL yulduzlarining mahorati hal etdi. Eden Azar uchrashuvning 6-daqiqasidayoq hisobni ochgan bo‘lsa, Romelu Lukaku birinchi bo‘lim yakuniga qadar o‘z dublini rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda yana Azar gol urdi, zaxiradan maydonga tushgan Mishi Batshuai esa so‘nggi daqiqalarda jamoasining so‘nggi golini kiritdi.

Uchrashuvda tunisliklar ikki bor Kurtuani dog‘da qoldirishga erishdilar. Dilan Bronn va Vahbi Hazri bittadan gol urib, jamoasini sharmandali hisobdan saqlab qoldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Belgiya «G» guruhida 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Jahon chempionati
«G» guruhi, 2-tur bellashuvi
Belgiya—Tunis 5:2
​Gollar: 1:0 – 6, penalti Azar, 2:0 – 16 Lukaku, 2:1 – 18 Bronn, 3:1 – 45 Lukaku, 4:1 – 51 Azar, 5:1 – 90 Batshuayi, 5:2 – 90 Hazri.
Belgiya: Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Karrasko, Vitsel, Azar (Batshuayi, 68), Mertens (Tilemans, 86), Lukaku (Fellaini, 59).
Tunis: Ben-Mustafa, Ben-Yussef (Benaluan, 41), Maalul, Bronn (Naggez, 24), Merya, Kaui, Skiri, Hazri, Sassi (Sliti, 59), Badri, Ben-Yussef.
Ogohlantirish: Sassi (14).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring