Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq qulatdi

Bahodir Jalolov raqibini birinchi raunddayoq qulatdi

Bugun, 13-dekabr tongida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan Jalolovga  Meksikada tashkil etilayotgan boks oqshomida  Uilfredo Lil (10-18-3, 8KO) raqiblik qildi.

Jangda to‘liq ustunlik qilgan hamyurtimiz raqibini bir necha bor nokdaun holatiga tushirganidan so‘ng, referi jangni davom ettirish imkonsizligidan jangni yakunladi. Shu tarzda Jalolov professional boksdagi mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirgan holda, faoliyatidagi yettinchi g‘alabasiga erishdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring