Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahromjon Gaziyev Abu-Dabidagi nufuzli musobaqada g‘olib bo‘ldi

Bahromjon Gaziyev Abu-Dabidagi nufuzli musobaqada g‘olib bo‘ldi

11–15 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida nufuzli xalqaro CSI5* ot sporti musobaqasi rasman start oldi. Mazkur turnir dunyodagi eng muhim va obro‘li musobaqalardan biri hisoblanib, unda jahonning yetakchi chavandozlari ishtirok etadi va o‘z mahoratlarini xalqaro maydonda namoyon qiladi.

Musobaqa oldidan O‘zbekiston jamoasi otlari majburiy veterinariya tekshiruvidan (vet-chek) muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu esa sport otlarining yuqori tayyorgarligi, sog‘lomligi va musobaqada ishtirok etishga to‘liq shay ekanini tasdiqladi.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev CSI2* Al Khail Square Cup toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. To‘siqlar balandligi 130 santimetrni tashkil etgan bahslarda u yuqori aniqlik, tezlik va mukammal texnika namoyon etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Musobaqada Germaniya, AQSh, Italiya, Braziliya, Gretsiya kabi davlatlardan kelgan 60 nafardan ortiq kuchli chavandozlar qatnashdi. Bunday yuqori raqobat sharoitida qo‘lga kiritilgan g‘alaba O‘zbekiston jamoasi uchun katta yutuq bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring