Benzema Saudiya Arabistonining eng sovrindor klubiga o‘tdi
Fransiyalik futbol yulduzi Karim Benzema Jiddaning «Al-Ittihod» klubini tark etib, Saudiya Arabistonining boshqa bir grandi — «Al-Hilol» safiga qo‘shildi. Bu haqdagi rasmiy xabarni Ar-Riyod klubi matbuot xizmati e’lon qildi.
«Al-Hilol» mamlakatning eng sovrindor klubi hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi bilan 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.
Joriy mavsumda Benzema «Al-Ittihod» safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» sohibi 2023-yilning iyunida Madridning «Real» klubidan erkin agent sifatida Saudiya chempionatiga ko‘chib o‘tgandi.
Futbolchining kutilmaganda klubni almashtirishi «Al-Ittihod» bilan yangi shartnoma borasidagi kelishmovchiliklar va moliyaviy talablarning qanoatlantirilmagani bilan izohlanmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter