Bokschi Bahodir Jalolovga uy berildi

9-21-sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Bahodir Jalolov eng yaxshi sportchisi deya topilgan edi.
Uning chempionatda erishgan g‘alabasi, sportdagi yutuqlari e’tirof etilib, Jalolovga Prezident sovg‘asi – Toshkent shahri Qori Niyoziy ko‘chasida joylashgan uy-joylardan biri – tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yigirmanchi marta o‘tkazilgan boks musobaqasida dunyoning 78 mamlakatidan 400ga yaqin bokschi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter