Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun oqshom YChL 1/8 finaliga start beriladi: Parij va Milan boshlab beradi

Bugun oqshom YChL 1/8 finaliga start beriladi: Parij va Milan boshlab beradi

Foto: Futbol 24

Nihoyat muxlislar uzoq kutgan katta futbol bayrami yetib keldi: bugun oqshom Yevropa Chempionlar ligasi pley-off (1/8 final) o‘yinlari boshlanadi.

Bu oqshom ikki markaziy o‘yinga guvoh bo‘lamiz:  «PSJ» — «Bavariya», «Milan» — «Tottenhem» qarama-qarshiligi.

Shubhasiz, Parijda turnirning eng keskin va qiziqarli uchrashuvini ko‘ramiz. O‘yin arafasida mezbonlar tarkibida muammolar borligi aytilayotgandi. Kechagi matbuot anjumanida Kristof Galte («PSJ», bosh murabbiy) jamoa yetakchilari Lionel Messi va Kilian Mbappe mashg‘ulotlarga qaytganini va o‘yin qaydnomasiga kiritilganini ma’lum qildi. Shunga qaramasdan, Mbappe maydonga tushirilishi 100 foiz aniq emas.

Myunxenliklar esa Noyer va Manedek yetakchilarisiz to‘p surishga majbur. Yo‘qotishlar chiroyli o‘yinga xalaqit bermaydi deya umid qilamiz.

«San-Siro»da londonliklarga oson bo‘lmaydi: 4 o‘yindagi ketma-ket mag‘lubiyatdan keyin nihoyat «Milan» «Torino»ni kichik hisobda yengib bo‘lsa-da, o‘ziga kelib oldi. «Tottenhem» esa, aksincha, APLdagi so‘nggi turda «Lester»dan qaqshatqich zarbaga uchradi (1:4). O‘z vataniga ajnabiylarga bosh bo‘lib kelayotgan Antonio Kontega har tomonlama qiyin.

Xullas, bugun ikki o‘yin, ikki xil vaziyat: birida «muammosiz» (deyarli), ikkinchisida «muammoli» jamoalar to‘qnashadi. Xullas, kuchlar, imkoniyatlar deyarli teng — haqiqiy sport.

YChL. 1/8 final

«PSJ» — «Bavariya»

Boshlanadi: 01:00, 15.02.2023 (O‘zbekiston vaqti)

TV-translyasiya: Sport telekanali 

«PSJ»: Donnarumma; Danilu, Markinos, Ramos; Hakimi, Verratti, Fabian Ruis, Nunu Mendesh, Vitinya, Messi, Neymar

O‘ynamaydi: Myukile (jarohat), Renatu Sanshesh (jarohat)

So‘roq ostida: Mbappe (jarohat)

«Bavariya»: Zommer; Kanselu, Upamekano, De Light, Devis; Kimmix, Goretska, Sane, Musiala, Koman, Myuller

O‘ynamaydi: Noyer (jarohat), Ernandes (jarohat), Mane (jarohat), Mazraui (betob), Vanner (betob)

«Milan» — «Tottenhem»

Boshlanadi: 01:00, 15.02.2023 (O‘zbekiston vaqti)

TV-translyasiya: Yoshlar

«Milan»: Mirante; Kalabriya, Kalyulyu, Tomori, Salemakers, Tonali, Krunich, Teo Ernandes; Braim Dias, Rafael Leau, Jiru

O‘ynamaydi: Florensi (jarohat), Bennase (jarohat)

«Tottenhem»: Forster, Romero, Dayer, Devis, Emerson, Skipp, Sarr, Perishich, Kulusevski, Keyn, Son

O‘ynamaydi: Heybyorg (diskvalifikatsiya), Bentankur (jarohat), Loris (jarohat), Sessenon (jarohat), Bissuma (jarohat).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring