Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun «Real» va «Atalanta» UEFA Superkubogi uchun kurashadi

Bugun «Real» va «Atalanta» UEFA Superkubogi uchun kurashadi

Bugun UEFA Superkubogi o‘tkaziladi: «Real Madrid» — «Atalanta» (Italiya)ga qarshi.

Madiridliklar g‘alaba qozonishsa, qo‘lga kiritilgan sovrinlar bo‘yicha rekordchiga aylanishadi.

Xuddi shu o‘yinda Kilian Mbappe «Real» safida rasman debyutini o‘tkazishi kutilmoqda.

Supekubok uchun o‘yin Varshavadagi 60 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Milliy stadionda bo‘lib o‘tadi. O‘yin boshlanishi: 23:59 (bizning vaqt).

Shu paytgacha «Real», «Barselona» va «Milan» UEFA Superkubogini 5 martadan qo‘lga kiritgan. Madridliklarning g‘alabasi jamoa ustozi Karlo Anchelottiga ham o‘ziga xos rekord o‘rnatish imkonini beradi — hali hech bir bosh murabbiy bu sovrinni 5 marta o‘ziniki qilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring