Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyora Keldiyorova finalda!

Diyora Keldiyorova finalda!

O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi.

Dzyudochi qiz Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining finaliga yo‘l oldi.

O‘zbekistonlik sportchi yarim finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya o‘yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Amandin Busharni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu tariqa, Keldiyorova kamida kumush medalni naqd qildi.

Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorova nimchorak finalda bir karra olimpiada va 4 karra jahon chempioni yaponiyalik Uta Abeni mag‘lub qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring