Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol ligalari reytingida O‘zbekiston Superligasi 29 pog‘ona pastladi

Futbol ligalari reytingida O‘zbekiston Superligasi 29 pog‘ona pastladi

Foto: Sportbox

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng kuchli futbol ligalari reytingini yangiladi.

1991-yildan buyon ilk marotaba Italiya chempionati (A seriya) futbol ligalari orasida eng kuchlisi deb topildi. A seriya — 1992 ball to‘pladi.

Reytingda ikkinchi o‘rin Ispaniya chempionati (La Liga)ga berildi — 1885 ball. Angliya premer-ligasi (1871) — uchinchi, Germaniya Bundesligasi (1606) — beshinchi, Fransiya chempionati (1125) — sakkizinchi o‘rinda.

Eng kuchli 10 chempionat

Manba: IFFHS

Ushbu reytingda O‘zbekiston chempionati (Superliga) 67-o‘rindan 96-o‘ringa tushib ketgan.

Manba: IFFHS
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring