Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024: Shveysariya Vengriyani mag‘lubiyatga uchratdi

Yevro-2024: Shveysariya Vengriyani mag‘lubiyatga uchratdi

Foto: Chempionat

Germaniya mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining ikkinchi o‘yinida A guruhidan o‘rin olgan Vengriya – Shveysariya uchrashuvi yakuniga yetdi.

Shveysariyaliklar birinchi taymda raqiblar darvozasiga ikki marta yo‘l topishdi (Kvadvo Dua — 12, Mishel Ebisher — 45).

Ikkinchi taymning o‘rtalarida vengerlar oradagi farqni qisqartirishdi (Barnabash Varga 66).

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda shveysariyaliklar qarshi hujumdan gol kiritib, o‘zlari uchun muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Yevro-2024. A guruhi. 1-tur

Vengriya — Shveysariya 1:3

15-iyun, «Reyn Energi» stadioni, Kyoln

Gollar: Barnabash Varga (66) — Kvadvo Dua (12), Mishel Ebisher (45), Brel Embolo (90+3).

Kecha ochilish o‘yinida A guruhidan o‘rin olgan Germaniya — Shotlandiya o‘yini nemislarning 5:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugagandi.

A guruhida 1-turdan keyingi vaziyat

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring